Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Cobalt Farg‘onada kanalga tushib ketdi.Halok bo‘lganlar bor
8.01.2021 20:09,  
313

  Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani Katta Boltako‘l qishlog‘i kanali bo‘yi ko‘chasidan o‘tgan ichki xo‘jalik yo‘lida tungi soat 23:15 larda YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida mazkur hududdan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanali chekkasida o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, kanal ichiga tushib ketgan.  Hodisa sodir bo‘lgan yo‘l holati yaxshi bo‘lgani, chuqurlar yo‘qligi va belgilar joyida ekani, faqatgina yo‘l yoritilmaganligi ma’lum qilindi. 
  Avtomobil ichida bo‘lgan haydovchi hamda uning yonida bo‘lgan yo‘lovchilar nafas yo‘liga suv kirishi oqibatida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан