Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Coca-cola Uzbekistan’dagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi
10.02.2021 20:47,  
310

«Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Davlat ulushini sotib olish bo‘yicha Osiyo, Yevropa, Amerika va Afrika qit’alari mamlakatlaridan bir qancha talabgorlarning takliflari kelib tushdi.

Talabgorlardan kelib tushgan barcha takliflar kompaniyaning ikkinchi mulkdori bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqildi hamda sotish uchun belgilangan mezonlarga mos kelgan deb e’tirof etilgan talabgorlar aniqlandi hamda keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Ushbu talabgorlar bilan muzokaralar jarayoni davlat ulushini sotish bo‘yicha jalb etilgan xalqaro maslahatchilar — «Rothschild & Cie» investitsiya banki (moliyaviy maslahatchi, Fransiya) va «Dentons» yuridik firmasi (yuridik maslahatchi, Buyuk Britaniya) ishtirokida davom ettiriladi.

Mazkur bosqichda talabgorlar bilan Oshkor etmaslik to‘g‘risidagi tegishli bitimlar imzolanadi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан