COVID-19 epidemiyasidan keyingi ilk xalqaro reys Uxan aeroportiga qo‘ndi

COVID-19 epidemiyasidan keyingi ilk xalqaro reys Uxan aeroportiga qo‘ndi

Foto: Reuters

COVID-19 epidemiyasidan keyingi so‘nggi yetti oy ichida birinchi xalqaro yo‘lovchi samolyoti Xitoyning Uxan shahri aeroportiga qo‘ndi.

T’way Airlines aviakompaniyasining Seul - Uxan TW-19 reysi Uxandagi “Tyanxe” xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 10:48 da (Toshkent vaqti bilan 09:48) qo‘ndi.

Ma’lum qilinishicha, Uxan Seul bilan muntazam parvozlarni tiklagan. Ushbu reysda yetib kelgan 60 yo‘lovchi 14 kunlik karantin uchun maxsus mehmonxonalarga yuborildi.

Hozirda Uxan xalqaro ayeroporti 73 ta mahalliy yo‘nalishlarga parvozlarni tikladi va har kuni 500 ga yaqin parvozlarni amalga oshirmoqda. Kundalik yo‘lovchilar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90 foizni tashkil etmoqda.