Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






COVID-19: kasallikning ilk kunidan antibiotik va virusga qarshi vositalarni qabul qilish to‘g‘rimi?
25.07.2020 14:42,  
633

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasini davolash va kasallikni oldini olish bo‘yicha savollarga javob qaytarildi.

— Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasini uy sharoitida davolash bo‘yicha har xil protokollar faol tarqatilmoqda. Ularda kasallikning dastlabki kundan antibiotiklar va virusga qarshi vositalarni qabul qilish tavsiya etilmoqda. Shu to‘g‘rimi? 

— Ijtimoiy tarmoqlardagi va boshqa manbaladagi tavsiyalarga asoslanib uy sharoitida antibiotik va virusga qarshi dorilarni qabul qilishdan yiroq bo‘lish lozim.Afsuski, hozirda koronavirus infeksiyasining spetsifik davosi yo‘q. Kovidga ta’siri isbotlangan birorta dori vositasi yo‘q. 

Shuning uchun kasallikning dastlabki kunidan antibiotik va virusga qarshi vositalarni iste’moliga ehtiyoj yo‘q. Ularning foydasi bo‘lmaydi, aksincha zarari bo‘lishi mumkin.

Kasallikning simptomsiz yoki yengil turlari dori vositalarisiz ham tuzalishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан