Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yilida qurbonlar yanada ko‘p bo‘lishi mumkin
15.05.2021 17:36,  
131

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning ta’kidlashicha, COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yilida qurbonlar soni birinchi yilga qaraganda ko‘p bo‘lishi mumkin.

"COVID-19 hozirgacha 3,3 million kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Biz pandemiyaning ikkinchi yiliga o‘tdik, bu yil avvalgi yilga qaraganda ham ko‘p qurbonlik berilishi mumkin. Insonlarning hayotini saqlab qolishning birdan-bir yo‘li – vaksinatsiyada birlashish va jamoatchilik sog‘lig‘i sohasida ko‘riladigan choralardir", — dedi JSST bosh direktori matbuot anjumanida.

JSSTdan ma’lum qilinishicha, faqat emlanish bilan virus tarqalishining oldini olib bo‘lmaydi. Chunki emlangan odamlar ham kasallanishi mumkin, ammo ularga unchalik og‘ir bo‘lmagan formadagi virus yuqishi mumkin. Cheklovlarni yumshatish yoki niqob taqish tartibini bekor qilish mamlakatda emlanganlar soniga emas, balki COVID-19 tarqalishi darajasiga asoslanishi kerak, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан