Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






COVID-19: uy sharoitida deksametazon qabul qilish mumkinmi? 
25.07.2020 14:50,  
2565

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasini davolash va kasallikni oldini olish bo‘yicha savollarga javob qaytarildi.

— O‘zim uy sharoitida deksametazon qabul qilishim mumkinmi? 

Deksametazon va shu turdagi steroidlar COVID-19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun qo‘llanilishi zinhor mumkin emas.

Deksametazon barcha glyukokortikoidlar kabi tabiiy immunitetni tushirib yuborish qobiliyatiga ega.

Kasallikning dastlabki kunlaridan glyukokortikosteroidlarning qo‘llanilishi kasallik cho‘zilishi, asoratlarning ko‘payishi va ikklamchi bakterial infeksiyasining qo‘shilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

— Hozirda kovidga qarshi antikoagulyantlarning ta’siri haqida ko‘p gapirishmoqda. Ularni kasallikni oldini olish uchun qabul qilish mumkinmi? 

— Mumkin emas! Antikoagulyantlar infeksiyani oldini olmaydi va davolamaydi. Ular trombozlar shaklidagi asoratlar rivojlanganda ta’sir ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан