Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“COVID-19”ga nodavlat tibbiyot muassasalarida ham tahlil topshirish mumkin
23.06.2020 14:10,  
78

Joriy yil 24 iyundan boshlab davlat va nodavlat tashkilotlari xodimlari hamda fuqarolar uchun ushbu  infeksiyaga tahlil topshirishda ixtiyoriy, pullik asosda nodavlat tibbiyot tashkilotlari xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyati yaratildi.

Koronavirus infeksiyasini laborator sharoitida aniqlash narxini nodavlat tibbiyot tashkiloti mustaqil belgilaydi. 

Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘zida, shu bilan birgalikda, so‘rovga ko‘ra, murojaat qiluvchining tashkilotida, fuqarolarning yashash manzilida hamda maxsus avtotransportlarda olinishiga ruxsat berildi.

Nodavlat tibbiyot tashkiloti hududiy sanitariya osoyishtaligi markazlariga kunlik umumiy ma’lumotlarni hamda koronavirus infeksiyasiga ijobiy natija bergan surtmalarni yetkazib beradi.

Koronavirus infeksiyasini polimer zanjirli reaksiya usulida pullik tekshirishlarni tashkil etishni xohlovchi nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlariga shartnoma tuzish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан