Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Talabalar uchun yangilik. COVID-19’ga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi
21.10.2021 19:42,  
216

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) to‘lov shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi. 

To‘lovlarni amalga oshirish muddati 2021 yil 20 noyabrga qadar etib belgilandi. Bunda, to‘lovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i rasmiylashtiriladi.

Qayd etilishicha, t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki o‘qish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda to‘lov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirish mumkin.

Shuningdek, koronavirusga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi.

Endilikda, 15 noyabrga qadar koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga ham stipendiyasiz bazaviy to‘lov shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан