Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Covid-19’ga qarshi emlash: Britaniyada vaksina qabul qilgan birinchi erkak Uilyam Shekspir bo‘ldi
8.12.2020 21:49,  
235

Seshanba kuni koronavirusga qarshi kurash doirasida yana bir katta qadam tashlandi. Buyuk Britaniyada klinik sinovlar doirasidan tashqaridagi emlash - ommaviy vaksinatsiyaga start berildi, 90 yoshli Margaret Kinan Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlangan ilk inson bo‘ldi. U bir haftadan keyin 91 yoshga to‘ladi, u Covid-19’ga qarshi emlanishini eng yaxshi sovg‘a deb atadi.

«Covid-19 ga qarshi emlangan birinchi odam bo‘lish juda faxrli, bu tug‘ilgan kunim uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ldi. Bu shuni anglatadiki, yangi yilda men nihoyat yaqinlarim va do‘stlarim bilan ko‘rishishim mumkin. Axir o‘tgan qariyb bir yilni yolg‘izlikda o‘tkazdim», degan Angliya markazidagi Koventri shahrida yashovchi Margaret Kinan.

Vaksina dozasini qabul qilgan ilk erkak esa Uorikshir grafligida yashovchi 81 yoshli Uilyam Shekspir bo‘ldi. U shifoxona xodimlariga professionalizm va keksa insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirgan.

«Xotirjamlikka berilishga hali erta»
Britaniya hukumati tomonidan sotib olingan Pfizer vaksinasining dastlabki partiyasi 800 ming doza bo‘lib, yaqin haftalarda bir kishiga ikkitadan doza berish orqali birinchi bosqich o‘tkaziladi.

Dekabr oyi oxirigacha britaniyaliklar uchun yana 4 mln doza vaksina tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Birinchi navbatda vaksina bilan qariyalar uyidagi keksalar va tibbiy-ijtimoiy muassasa xodimlari emlanadi. Shuningdek, 80 yoshdan kattalar va tibbiyot xodimlari vaksinatsiya jarayonida ustuvorlikka ega.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Mett Henkok seshanba kuni, ommaviy vaksinatsiya - uzoq yo‘lligi, ammo faqat u butun dunyoni qayg‘uli vaziyatdan qutqarishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birgalikda, u hali xotirjamlikka berilishga erta ekani, barcha mamlakatlar ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilishda birdamlik ko‘rsatishi lozimligini eslatib o‘tgan.

«Bu virus o‘limvor, biz birgalikda qarshi turishimiz darkor», degan Henkok.

Vaksinatsiya - har bir kishining mustaqil tanlovi
Pfizer vaksinasi ikki dozaga mo‘ljallangan. Ikkinchi ukol birinchisidan 2-3 hafta keyin yuboriladi. Ko‘p hollarda virusga qarshi immunitet ikkinchi dozadan 7-10 kun o‘tib paydo bo‘ladi. Kamdan kam hollarda immunitet paydo bo‘lishi kechikishi, birinchi dozadan 21 kundan ko‘proq vaqt o‘tishi mumkin.

Vaksina samaradorligini uning yaratuvchilari 95 foizga baholashgan. Buning sababi shundaki, klinik sinovlar vaqtida emlanganlarning bir nechasi baribir Covid-19 yuqtirishi holatlari kuzatildi. Pfizer kompaniyasining aniqlik kiritishicha, kasallanganlar bu vaqtda faqat birinchi dozani qabul qilishga ulgurishgandi.

Sinovlarda o‘n minglab kishilar ishtirok etgan.
Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy tizimi (NHS) rahbariyati vakillaridan biri - professor Stiven Povisning so‘zlariga ko‘ra, vaksinatsiya - «yakunning boshlanishi» so‘zi ijobiy ma’noda qo‘llanadigan kamdan kam holatlardan biridir.

U shuningdek, vaksina qabul qilish - mutlaqo ko‘ngilli ish ekanini ta’kidlab o‘tgan. Britaniyaliklar ijtimoiy holati va kasbiga qarab bosqichma-bosqich ravishda NHS’dan taklifnoma olishadi.

Shu bilan birga, rasmiylar har bir fuqaroga emlanishga borishni tavsiya qilishmoqda - bu normal hayotga qaytishning nisbatan eng samarali va xavfsiz yo‘li ekani ta’kidlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан