Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






COVID-21 paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarga izoh berildi
3.05.2021 09:17,  
759

Virusologiya instituti direktori, professor Erkin Musabayev koronavirusning yangi shakli, COVID-21’ning paydo bo‘lgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 infeksiyasi yangi shtammlari paydo bo‘lsa ham, COVID-21 virusi paydo bo‘lgani haqidagi bayonot noto‘g‘ri. Vaksinatsiya COVID-19’ning barcha shtammlaridan himoya qiladi, xavf guruhidagi odamlar kasal bo‘lib tuzalgan bo‘lsa ham emlanish zarur hisoblanadi. Hozirgi kunda koronavirusning klinik belgilarida o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni yo‘tal va isitmaning kam namoyon bo‘lgan, ammo bo‘g‘imlarda katta og‘riq belgilariga ega bemorlar soni ortdi.

Qayd etilishicha, Zangiota kasalxonasidagi bemorlarning tahlillari koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan o‘lish holatlari oshmaganini ko‘rsatgan. PZR-test yordamida koronavirusni aniqlash imkonsiz bo‘lib qoldi, deyish noo‘rin, chunki avval ham dimog‘da virusni aniqlashda 30 foizlik xatolikka yo‘l qo‘yilgan edi.

«Koronavirus infeksiyasini davolash bo‘yicha bir yillik tajribadan kelib chiqib, O‘zbekistonda davolash protokoli tuzilib, amalda uning yuqori samaradorligi isbotlandi. Kasallik yo‘qolmadi, biz u bilan yashashga, ya’ni niqob taqishga, ijtimoiy masofani saqlashga, qo‘llar gigiyenasiga rioya qilishga odatlanishimiz kerak», — deydi professor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан