Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






CSV: Ochiq muloqotga yo‘llangan murojaatlar soni 4,5 mingtadan oshdi
27.12.2021 20:22,  
59

Bu yerda har kuni ertalab soat 09:00 dan kechki 20:00 gacha telefon qo‘ng‘iroqlari tinmaydi. Har bir murojaat diqqat bilan eshitiladi, yozib olinadi va tegishli tartibda ijro uchun yo‘naltiriladi. 

Qo‘ng‘iroqlarga javob beruvchilar — oddiy operatorlar emas, aksincha sog‘liqni saqlash tizimining eng yetakchi muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi malakali va tajribali mutaxassislar. 

1295 qisqa raqamli “Call-markaz”ning ish jarayoni shunday tig‘iz. Qolaversa, yo‘llanayotgan g‘oya, taklif va muammoli masalalar ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan elektron manzillar orqali ham qabul qilinyapti. 

Prezidentimizning sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan “O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayoni ayni paytda shunday qizg‘in pallaga kirgan. 

O‘tgan qisqa davrda uning doirasida jami 4514 ta murojaat kelib tushgani so‘zimizning tasdig‘idir.  

Yo‘llanayotgan murojaatlar tibbiyotning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olyapti. Jumladan, 

1309 tasi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga,
218  tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga, 
188  tasi tez tibbiy yordam xizmatiga,
102 tasi oliy tibbiy ta’limga daxldor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан