Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poytaxtda bir nechta uy devorlariga giyohvandlik vositalari reklamasini yozganlar qo‘lga tushdi
6.04.2021 13:46,  
192

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida bir nechta uy devorlariga giyohvandlik vositalari reklamasini yozganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida Mirzo Ulug‘bek tumani «Bo‘z» mahallasida bir nechta uylar devorlarida yozuvlar paydo bo‘lgani aniqlandi. Aholi orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida yozuvlar 5-6 kun oldin paydo bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Tekshiruv natijasida mazkur yozuvlarni qoldirgan fuqarolar – 18 yoshli B.I. va 21 yoshli I.V.larning shaxslari aniqlandi.

Qayd etilishicha, suhbat davomida B.I. mart oyida obuna bo‘lgan Telegram kanalda ish haqida e’lon chiqqanini ma’lum qilgan. B.I. noma’lum shaxs bilan telefon orqali bog‘lanib, undan haq evaziga uylarning devorlarida qoldirish kerak bo‘lgan yozuv matnini olgan. Shundan so‘ng B.I. tanishi I.V. bilan linoleumdan e’lon matnini qirqib, bo‘yoq ballonchasi yordamida uylarning devorlarida yozuv qoldirishgan. Mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан