Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dahshatli qotillik aks etgan videoni tarqatgan yigitga chora ko‘rildi
8.06.2021 08:23,  
623

Joriy yilning 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida ko‘lidagi mix orqali bir kishini o‘ldirayotgan fuqaro tasviri aks etgan videolavha tarqaldi va omma orasida turlicha muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu video yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib borishdi. Vahshiylik aks etgan ushbu videolavhani urgutlik Sh.S. tarqatgani ma’lum bo‘ldi.

Bu ham yetmagandek, fuqaro Sh.S. bilan bu kabi zo‘ravonlik va shafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish uchun borgan IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Fuqaro Sh.S.ga tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan Sh.S.ga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан