Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dam olish kunlari havo harorati issiq bo‘ladimi?
29.05.2020 16:11,  
32

O‘zgidrometning xabar berishicha, bugun O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga quruq va juda issiq havo oqimining ta’siri davom etmoqda. Shu sababli Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati 37-42 daraja atrofida saqlanib turadi.

Respublikaning qolgan hududlari janubi-sharqiy Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlaridan kirayotgan nisbatan salqin havo oqimi ta’sirida bo‘ladi, natijada havo haroratining bir oz — 34-37 darajagacha, janubda 39 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘li tumanlarida konvektiv bulutlar rivojlanishi bilan kechki soatlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Bunday ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu kunlarning harorati o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан