Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dam olish kunlari havo quruq bo‘ladi
9.10.2020 15:43,  
168

Rossiyaning markaziy viloyatlari aholisi bu yil kechiktirilgan «Hind yozi» dan bahramand bo‘lishni davom ettirar ekan, Shimoliy Qozog‘iston hududlaridan nisbatan sovuq havoning bir-biriga yaqinlashgan qismlari O‘zbekiston hududiga birin-ketin kirib kelmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Bugundan respublika hududiga yana sovuq havo kirib kela boshladi, kunning birinchi yarmida hududimizning ayrim qismlarida havo harorati kechagidan 4-6 darajaga past bo‘ldi.

Xuddi shunday sovuq havo, ertaga respublika hududida ham davom etadi. Kechasi harorat 3-6 daraja, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi va kunduzi 13-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, bu 5-7 darajaga me’yordan past.

Hududimizning katta qismida bugun va ertaga quruq havo saqlanib qoladi. Faqat O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy hududlari Turkmaniston hududlaridan nam bulut massalari kirib keladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, dengiz sathidan 2000 m baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.

Bugun respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati 3-6 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi esa havo 18-20 darajagacha isiydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан