Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dam olish kunlari ob-havo iliq va quruq bo‘lishi kutilmoqda
23.04.2021 15:09,  
116

Bugun va dam olish kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Juma kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda, haroratning kunduzgi maksimumi 23-25 darajani, ba’zi joylarda 8-30 darajagachani tashkil etadi.

24 aprel kuni O‘zbekiston hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi va harorat deyarli o‘zgarmaydi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduz kungi harorat 27 darajaga, janubda va cho‘l hududlarida 30 darajaga yetadi.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, eng iliq yillarda ushbu kunlardagi havo harorati 32-35 daraja, janubda 36-38 daraja bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан