Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dam olish kunlari havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi
22.05.2020 14:49,  
130

Bugun Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28−31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni 33−35 darajani tashkil etadi.

23−24 may kunlari O‘rta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15−18 daraja, kunduzi 35−37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa 38−40 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4−6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17−22 gacha kuchayadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан