Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?
12.09.2020 09:41,  
637

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 11—12 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi g‘arbiy havo oqimlari ta’sirida bo‘ladi. Janubiy Qozoqiston hududi ustida joylashgan balandlikdagi siklon respublikaning sharqiy tumanlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday sinoptik vaziyat natijasida bugun Toshkent viloyatining ayrim joylariga qisqa muddatli yomg‘ir, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

12 sentyabr, shanba kuni yomg‘irli va momaqaldiroqli ob-havo faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda saqlanib turadi. Respublikaning qolgan joylarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Yakshanba kuni mamlakat hududi ustidagi janubi-g‘arbiy oqimlar ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishini belgilaydi.

Dam olish kunlarida harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Qayd etilishicha, bunday harorat iqlimiy me’yordan 1-2 darajaga pastdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан