Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dam olish kunlaridagi ob-havo bilan tanishing
26.06.2020 14:40,  
162

O‘zgidrometning xabar berishicha, bugun respublikamizning hududining katta qismida ob-havo quruq va issiq, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat 35-40 daraja atrofida bo‘ladi.

O‘zbekistonning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yi tumanlaridan salqin va kam nam havo oqimi kira boshladi. Kun davomida kirayotgan front respublikaning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida bugun havo harorati 30-35 darajagacha pasayadi.

Ertaga salqin va kam nam havo oqimi butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Barcha joylarda havo bulutli bo‘ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat iyun oyining oxiri uchun qulay bo‘lgan ko‘rsatkich — 27-32 darajagacha pasayadi.

Sovuq front o‘tishi natijasida 26 va 27 iyunda respublikada shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda tezligi 23-28 m/s gacha yetishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududi quruq va salqin havo oqimi ta’sirida bo‘ladi. Mamlakatimizda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, kuchsiz shamol esadi. Faqat tog‘oldi va tog‘li tumanlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tunda harorat 15-20 darajagacha pasayadi, kunduzgi harorat 27-32 daraja atrofida saqlanib turadi, bu iyun oyining so‘nggi besh kunligi uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3 darajaga pastdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан