Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Darg‘azab aholi hokimni mashinaga bog‘lab, shahar bo‘ylab sudrab ketishdi (video)
9.10.2019 12:44,  
4528

Meksikada darg‘azab aholi Las-Margaritas tumani hokimi Xorze Eskandonni pikap mashinasiga bog‘lab, bir necha ko‘cha bo‘ylab sudrab borishdi. Bu haqda mahalliy Heraldodemexico nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, amaldor mahalliy aholiga shaharda yo‘llarni qurishni va’da bergan, biroq buni bajarmagan.

Eskandonni arqon bilan mashinaga bog‘lashdi va politsiya mashinani to‘xtatmaguncha shahar bo‘ylab sudrab ketishdi.

Twitter’da bu haqda video paydo bo‘ldi. Videoda olomon erkak bog‘langan mashina ortidan yugirayotgani aks etgan.

Hokimning hayotga hech narsa xavf solmayapti.

Mahalliy hukumat tomonidan aholi siyosatchini olib qochishda ayblab, 30 kishi qo‘lga olingani haqida axborot berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан