Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dasturchilar uchun xorijda 4 ming dollargacha oylik bilan ish taklif qilinmoqda
26.05.2020 10:27,  
626

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida IT – kompyuter dasturchisi mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlov o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov xabar berdi.

Tanlov video suhbat orqali o‘tkaziladi. O‘rtacha oylik ish haqi 150 ming rubldan 300 ming rublgachani (2000-4000 AQSh dollari) tashkil etadi.

Nomzodlar quyidagi dasturlarni bilishi kerak:

React/Redux, Saga, Typescript, Sass, Webpack, backbone/Marionette, PHP 7.x, (Freymovka — Larvel), Go (gorutin va kanallar), NoSQL (Redis, MongoDB, ElasticSearch) ma’lumotlar bazasi, bekendda ishlatiladigan dasturlar – Java/Scala, MySQL, PostgeSQL, ish jarayonida ishlatiladigan dasturlar – Git, Slack, Redmine, Jenkins.

Qiziquvchilar agentlikning labormigration.uz dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tishlari uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin:

Murojaat uchun: (+998 71) 202-33-55

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан