Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotuvga qo‘yilganini e’lon qildi
22.12.2021 08:50,  
183

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PF–6167-son (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi PF-6273-son Farmoni bilan kiritilgan qo‘shimchalar bilan.), O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi yoki Sotuvchi) “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasini (keyingi o‘rinlarda – Mehmonxona yoki Aktiv) oshkora raqobat tamoyillariga asoslangan savdo jarayoni orqali sotilishini e’lon qiladi (keyingi o‘rinlarda – Savdo).

Ushbu Savdo jarayoniga “KPMG Valuation and Consulting” MChJ (keyingi o‘rinlarda – KPMG), aktivni xususiylashtirish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash asosida, eksklyuziv moliyaviy maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Mehmonxona haqida qisqacha ma’lumot:

Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016yilda Toshkent markazida tashkil topgan va “Hyatt” xalqaro brendining O‘zbekistondagi birinchi mehmonxonasiga aylangan.

U O‘zbekistonda xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i boshqaruvida bo‘lgan yagona besh yulduzli mehmonxonadir.

Mehmonxona shahar markazida, Toshkentning asosiy diqqatga sazovor joylariga qulay va yaqin masofada joylashgan.

Umumiy yer maydoni 3,1 gektar, bino va inshootlar maydoni 60,1 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Mehmonxona 8 qavatdan iborat bo‘lib, mijozlar uchun 300 ta xona, jumladan, 248 ta standart va 52 ta lyuks/yarim lyuks xonalarni mavjud.

Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlari darajasida jihozlangan turli sig‘imdagi bir nechta konferensiya zallari, shuningdek, 850 kvadrat metr maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.

Ta’kidlanishicha, savdo jarayonlarida ishtirok etish uchun arizalarni topshirish bo‘yicha rasmiy taklif qo‘shimcha e’lon qilinadi. Ariza topshirish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘ladi. Manfaatdor shaxslar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlangan va ariza beruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolangan xat ko‘rinishida ariza topshirishga taklif qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан