Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat amaldorlarining xizmat mashinalariga yangi turdagi avtoraqamlar beriladi
1.05.2021 10:34,  
803

“Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (258-son, 29.04.2021 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 avgustdan: 

-xizmat avtotransport vositalari respublika davlat boshqaruvi organlarida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarida rahbarlar hamda ularning o‘rinbosarlariga;

- respublika davlat boshqaruvi organlari tizimidagi tashkilotlar va ularning hududiy bo‘linmalarida birinchi rahbarlarga shaxsan biriktiriladi.

Shuningdek, respublika davlat boshqaruvi organlarida autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa avtotransportlar xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi. 

2021 yil 1 avgustga qadar ularning tegishli ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlanadi hamda buning uchun to‘lov undirilmaydi.

 2021 yil 1 avgustdan esa yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан