Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat arxivlari o‘quv zallarida ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati uch ish kunidan 1 ish kuniga qisqarmoqda
5.01.2022 14:59,  
37

2021 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 788-son qarori qabul qilindi.

Qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan ishlab chiqilgan.

 Qarorni qabul qilish zarurati nimalarda ko‘rinadi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son Farmoni 2-ilovasi 75-pozitsiyasida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish xizmatini Davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali ko‘rsatilishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur Farmon 4-ilovasi 12-pozitsiyasida 2022 yil 1 yanvardan boshlab mazkur xizmatni ko‘rsatish muddatlari qisqartirilgan.

Qarorning qisqacha mazmuni quyidagilardan iborat: 

Qaror bilan Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda:

Unga ko‘ra:

Davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra endilikda mazkur davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat arxivlari tomonidan ko‘rsatiladi;

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki ishonchli vakili kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPdan ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchi o‘zi yoki ishonchli vakili davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

Arxiv hujjatlaridan tashkilotning rejaga muvofiq xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma’rifiy. Ta’lim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarini yoki xodimning xizmat vazifalarini bajarish maqsadida foydalanishda so‘rovnomaga mazkur tashkilotning rasmiy xati nusxasi ilova qilinishi lozim.

Arza beruvchi tomonidan so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Faqat YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani yagona identifikatsiya tizimi (One ID) orqali tasdiqlash talab etiladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi (arxiv hujjatlaridan nusxa olish va boshqa pullik arxiv xizmatlari bundan mustasno).

Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab davlat arxivlari o‘quv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha ruxsatnomalar uchun —

1 ish kunida  (Avval 3 kun bo‘lgan) QR-kodli (matrik shtrixli kod) ruxsatnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron shaklda bir yil muddatga foydalanish uchun yuboradi.Bular haqida Davlat xizmatlari markazlarini elektron tarzda xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabar beradi.

Ruxsatnoma bir yil muddatga foydalanish uchun amal qiladi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 avgustdagi 495-son qarori bilan tasdiqlangan quyidagi nizomlarga:

Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar to‘g‘risida annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga;

Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga;

v) Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Avvalgi mavjud tartiblar bilan asosiy farqlariga to‘xtaladigan bo‘lsak

Birinchidan: Foydalanuvchiga o‘quv zallarida ishlash uchun ruxsatnoma berish muddati uch ish kunidan 1 ish kuniga qisqartirilmoqda

Ikkinchidan: Aholiga qulaylik yaratish maqsadida arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun yig‘im miqdori kamaytirilmoqda

Mazkur Qarorning qabul qilinishi natijasida arxiv xizmatlarini ko‘rsatishining muddatlari qisqartirilishi va yig‘im miqdorlarining kamaytirilishi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yengilik va qulayliylar yaratiladi hamda korrupsiyaviy xavflar oldi olinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан