Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat notariuslarining binolari xususiy notariuslarga ijaraga beriladi
14.04.2020 10:24,  
142

“Xususiy notarial faoliyatni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (213-son, 11.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududiy adliya organlariga biriktirilgan hamda davlat notariuslari foydalanuvida bo‘lgan bino va inshootlarni xususiy notariuslarga ijaraga berish, shuningdek idora inventarlarini sotish hududiy adliya organlari hamda xususiy notariuslar o‘rtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanish istagini bildirgan davlat notariuslari bino va inshootlarni ijaraga olishda xususiy notariuslarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.

Bunda, davlat notariusi bino va inshootlarni ijaraga olishni yozma ravishda rad etgan taqdirda yoki 2 oy davomida ustunlik huquqidan foydalanmaganda ushbu bino va inshootlar hududiy adliya organlariga biriktirilmagan binoda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy notariuslarga ijaraga beriladi.

Davlat notarial idorasi notariusiga biriktirilgan inventarlar ularni sotib olish istagini bildirgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarga balans qiymatida sotiladi.

Bino va inshootlar xususiy notariuslar tomonidan ijaraga olinmagan hollarda ularda davlat notariuslari joylashtirilishi, hududiy adliya organlari tomonidan foydalanilishi yoki ijaraga berilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан