Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat rahbarlari uchun nega legitimlik muhim?
12.08.2020 09:25,  
1475

Nima sababdan davlat rahbarlari, hukumat raislari uchun yuqori legitimlik muhim? Chunki davlat va hukumat rahbarlariga legitimlik – erkinlik, erkin fikrlash va erkin harakat qilish imkoniyatini beradi. Legitimlik – xalqning hurmati, ishonchi, e’tirofi va muhabbatini anglatadi. Legitimlik qanchalik yuqori bo‘lsa, siyosatchi ichki va tashqi siyosatda shunchalik erkin va mustaqil bo‘ladi. Har qanday ichki inqirozni bemalol yengib o‘ta oladi. Har qanday tashqi bosimlarni xalqqa suyanib, jamiyatning so‘zlari, murojaatlari orqali junbishga keltirish yo‘li bilan yengib o‘ta oladi.

Birgina misol: 2016 yilda harbiylar tomonidan qurshovga olingan Erdog‘an xalqqa Youtube orqali murojaat qilib, ularni ko‘chalarga chiqara olgan edi. Siyosatda, legitimlik bobida, ko‘chalarni to‘ldirgan xalq talabidan ko‘ra yuqoriroq dalil va argument yo‘q.

Bugun Belorussiyada Lukashenko texnik jihatidan g‘olib bo‘lsada, siyosiy kampaniyani to‘liq yutqazib qo‘ydi. Garchi u bosimlar orqali hokimiyatini saqlab qola olsada, belorus jamiyatida yangi konsensus shakllandi – Lukashenko hokimiyati mutlaq nolegitim va noqonuniy. Shu ma’noda, Belorussiyada endi har qanday payt kutilmagan joydan kutilmagan ommaviy noroziliklar paydo bo‘laveradi. Bundan keyin Lukashenko nihoyatda zaif siyosatchi — u ichki siyosatda kuch ishlatar tizimlardan, tashqi siyosatda qudratli qo‘shnilaridan mustaqil bo‘lolmaydi. Chunki endi u o‘z xalqi bilan kurashish uchun tashqi omillar bilan kelishib yashashga majbur.

O‘zbekiston ikkinchi ma’muriyatining legitimligi – O‘zbekiston xalqining mulki. Chunki, hokimiyati va xalqi kurashib vaqt o‘tkazayotgan millat, vaqtni va fursatni yutqazayotgan millat hisoblanadi. Hokimiyat jamiyatni eshita olsa, va jamiyat ham o‘z hokimiyatini qadrlasa – bu, tashqi va ichki bosimlarga to‘yingan globallashuv davrda, katta yutuq hisoblanadi.

Ikkinchi ma’muriyatning legitimlik zaxiralari mavjud. Lekin bugungi vazifa – ushbu zaxiralarni ishlatish emas, bu zaxiralarni parvarishlash, ko‘paytirish, mustahkamlash hisoblanadi. Buning uchun ma’muriyat yangi loyihalarga, hamkorliklarga va yangicha siyosiy yondashuvlarga o‘ch bo‘lishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан