Davlat Soliq qo‘mitasi raisi: Soliq yuki kamaytirilsa ham byudjetga tushumlar 1,5 baravar oshdi

Davlat Soliq qo‘mitasi raisi: Soliq yuki kamaytirilsa ham byudjetga tushumlar 1,5 baravar oshdi

O‘zbekistonda o‘tgan yarim yil davomida soliq yuki kamaytirilgan bo‘lishiga qarmasdan, byudjetga tushumlar miqdori 162 foizga oshdi, dedi Davlat Soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev.

Musayev aytishiga qaraganda, 2019 yil boshidan buyon ham tadbirkorlarga nisbatan ham jismoniy shaxslarga nisbatan soliq bosimi kamaytirilgan. Xususan - 3.2 foiz ijtimoiy to‘lovlar yo‘q qilingan, maoshlardan olinadigan daromad solig‘i 22 foizdan 12  foizga tushirilgan, 8 foiz sug‘urta badali yo‘q ilingan, mol-mulk solig‘i 5 foizdan 2 foizga tushirilgan, tadbirkorlardan olinadigan yagona ijimoiy solliq 22 foiz 12 foizga tushirilgan.  

Qo‘shimcha daromad va ish o‘rinlari

Buning natijasida 500 trillion so‘m mablag‘ xo‘jalik sub’yektlari ixtiyorida qoldi. Bu O‘zbekiston YaIMning 2 foizi degani.  

Shuningdek jismoy shaxslar ko‘ulida 1,4 trillion so‘m qoldi. Oylik oshmadi, boshqa daromadlar qo‘yilmadi, faqat soliq bosimini kamaytirish natijasida shuncha qo‘shimcha daromad olindi.

Tadbirkorlik sub’yektlari imkoniyat ochilganini his qildi. Bu birinchi navbatda yaratilayotgan ish o‘rinlari sonidan ko‘rish mumkin.

2019 yilning birinchi yarmida 571 ming ish urinlari yaratildi yoki legallashtirildi, desak ham bo‘ladi.  O‘zi yillik rejamiz 575 ming edi, yarim yil ichida u bajarib bo‘lindi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

Yil boshida biz 35 ming tadbirkor qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga o‘tadi deb rejalashtirgan edik. Lekin yarim yilning o‘zida QQS to‘lovchilari soni 48 ming kishini tashkil qildi. Yil oxiriga qadar ularning soni 75 mingga chiqishi kutilmoqda.

Soliqlar kamayishi natijasida byudjet tushumlari bo‘yicha qo‘rquvimiz bor edi. Lekin birinchi yarim yillikda 162 % o‘sishga erishdik, 2018 yilning shu davriga nisbatan. Demak qo‘yilgan qadamlar to‘g‘ri ekan.

Prezident farmonining asosiy mohiyati – sog‘lom raqobat muhitini yaratish. Hozirgi kunda QQS kiritilishi bilan ayrim sohalarda imtiyozlar saqlanib qolgani uchun, raqobat muhiti bir xil bo‘lmasdan QQS zanjiri uzilib qolayotgan edi. ushbu zanjirni yaratish uchun ushbu farmon qabul qilingan.

Misol. Ushbu farmon chiqanidan so‘ng birinchi yarim yillikda bizga juda ko‘p fermerlar murojaat qilishdi. Ular “Biz ham QQS to‘lovchisi bo‘laylik, chunki, mahsulot ishlab chiqarishda biz ham o‘g‘it sotib olamiz, yonilg‘i-moylar sotib olamiz, gaz sotib olamiz – bularning barchasi QQS to‘lanadiga mahsulotlar. Biz QQSdan ozod bo‘lsak, ushbu xarajatlar to‘liq mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Oqibatda xarajatlar miqdori oshib ketadi.  

Jazo o‘rniga yordam berildi

Undan tashqari, prezident soliqchilarga tadbirkorlarga siz deb murojaat qilasizlar, tekshirmaysizlar deb aytganidan so‘ng, yil boshidan buyon birorta ham tadbirkor ma’muriy javobgarlikka tortilmadi. Aksincha soliqchilar joylarda bo‘lib kameral nazorat o‘tkazdi, aniqlangan kamchiliklar ko‘rsatildi. To‘g‘rilangan kamchiliklar umumiy qiymati 14,3 trillion  so‘mni tashkil qildi. Avvalari bunday xatolar uchun ulan jarima to‘lash kerak bo‘lardi.