Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat soliq qo‘mitasi Rasul Kusherbayevni sudga berdi
27.04.2021 16:02,  
790

Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kusherbayev Rasul Xidraliyevich ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritdi.

Bunga R.Kusherbayevning «HUMAN UZ» axborot portalidagi «So‘z blogerlarga» ko‘rsatuvining 2021 yil 23 fevraldagi sonida aytgan so‘zlari sabab bo‘lgan.

«Oddiy soliq qo‘mitasining xodimi yoki mutaxassisi yuk xati nima uchun kerak bo‘lishini, hatto u shunchalik bilmaydimi yo tadbirkorlar, yo odamlar shunchalik ahmoq deb o‘ylaydimiki, o‘zini qilayotgan ishini noto‘g‘rimasligini isbotlashi uchun dalil sifatida yuk xatini ko‘rmoqchi… Pastkashlik bo‘lsa shunchalik bo‘ladiki, soliq xodimi tadbirkordan yuk-xatigacha so‘rayapti, uyidagi tualetnaya bumagani qanaqasini ishlatishini ham so‘ramabdida… Soliq organlari aylanib o‘girilib tadbirkorni aybdor deb topishim kerak degan prinsipda ishlayapti…», — degan Rasul Kusherbayev ko‘rsatuvda.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining deputatlik odobi qoidalari 22-bandida, deputat ommaviy axborot vositalarida chiqishda davlat organlari va boshqa organlarning faoliyatiga munosabat bildirganda, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qo‘pol, haqoratomuz ibora va so‘zlarni qo‘llashga, asossiz ayblovlarga yo‘l qo‘yishga haqli emasligi, agar deputatning bayonotida shunday fikrlar mavjud bo‘lsa deputat o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini oshkora tan olishi va kechirim so‘rashi kerakligi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 99, 100, 1021 va 1022-moddalari hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 33, 189 va 191-moddalariga asosan javobgar Kusherbayev Rasul Xidraliyevich davlat soliq xizmati organlari ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlariga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali raddiya berishi hamda kechirim so‘rashi lozim.

Shuningdek, javobgar xatti-harakatlari orqali soliq organlariga 4,6 mlrd. so‘m miqdorida ma’naviy zarar yetkazgan. Ushbu ma’naviy zarar undirilgach, «Mahalla» xayriya jamoat fondi huzuridagi «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga o‘tkaziladi», deyiladi qo‘mita axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан