Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat tadbirkorlarga qancha QQS summasini qaytarib berdi?
2.06.2020 10:28,  
143

Joriy yilning 1 iyundan boshlab soliq organlari hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo‘lgan QQS summasini soliq to‘lovchiga qaytarishni amalga oshirmoqda.

Karantin davrida davlat byudjetidan tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlariga 611,6 mlrd. so‘m kelib tushdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu tovarlarni eksport qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasini qo‘llagan korxonalar uchun qaytarilgan QQS summasidir.

Joriy yil 1 iyun holatiga DSQ tomonidan 804 ta ariza ko‘rib chiqildi. Shundan 194 tasi Toshkent shahri, 102 tasi Toshkent viloyati, 86 tasi Andijon, 81 tasi Namangan, 73 tasi Buxoro viloyati va 34 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. 661,6 mlrd. so‘mlik 336 ta ariza Moliya vazirligiga yuborildi. 468 ta ariza asoslanmaganligi va xato-kamchiliklari sababli korxonalarga qaytarildi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlari hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo‘lgan QQS summasini soliq to‘lovchiga qaytarishni amalga oshiradi. Ya’ni soliq organlari QQSni nafaqat eksport qiluvchilar, balki boshqa QQS to‘lovchilariga ham qaytaradilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан