Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat test markazi bo‘lajak talabalarni ogohlantirdi
1.03.2021 19:20,  
342

Ijtimoiy tarmoqlarda turli o‘quv markazlari tomonidan Davlat test markazi bilan hamkorlikda test sinovlari o‘tkazilishi, test topshiriqlari 100 % Davlat test markazi ekspertlari tomonidan tuzilganligi va kirish imtihonlarida tushishi mumkinligi hamda xizmat narxi 55 000 so‘mni tashkil etishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Davlat test markazi bu kabi xabardarni rad etdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan bunday xabarlar butunlay noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilamiz",–deyiladi DTM xabarida.

Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan diagnostik test sinovlari Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida har payshanba kuni 2 smenada tashkil etiladi va xizmat narxi 15 000 so‘mni tashkil etadi.

Diagnostik test sinovlari uchun ro‘yxatga olish Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан