Davlat test markazi bu yil maksimal ball olganlar soni ko‘payganiga izoh berdi

Davlat test markazi bu yil maksimal ball olganlar soni ko‘payganiga izoh berdi

2020-2021-o‘quv yilida o‘tkazilgan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1 240 614 (95,1%) nafar abituriyent ishtirok etdi. Ular orasida maksimal ball (189 ball) olganlar ham ko‘p kuzatildi. Buni ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda bir yoqlama talqin qilish holatlari kuzatilmoqda. 

Test sinovlari yakunlandi: 63 mingdan ortiq abituriyent kelmadi, 1200 ga yaqini esa testdan chetlashtirildi

Shulardan kelib chiqqan holda Davlat test markazi holatga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qildi.

"Bo‘lib o‘tgan test sinovlari natijalarini tahlil qilish davomida maksimal ball olgan abituriyentlar soni avvalgi yillarga qaraganda ko‘payganligi aniqlandi. Buning bir necha sabablari bor. Ma’lumki, mamlakatimizda pandemiya sharoitida joriy etilgan karantin cheklovlari davrida boshqa sohalar kabi ta’limda ham, jumladan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va abituriyentlarning puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida murakkab vaziyatlar yuzaga keldi.

Test natijalaridan norozi abituriyentlar qachondan va qay tartibda appelyasiyaga berishlari mumkin?

Holatlarni hisobga olgan holda va abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezidentimiz rahbarligida, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan bir qator yig‘ilishlarda kirish imtihonlarini soddalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi hamda muhim qarorlar qabul qilindi.

Telefon, «shpargalka», soxta hujjat – 1-smenadayoq 37 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi

O‘zbekiston bo‘ylab ilk marta stadionlarda kirish imtihonlari boshlandi (foto)

Shulardan kelib chiqib, kirish imtihonlari jarayonida abituriyentlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratildi. Ularga to‘xtalib o‘tamiz:

- 2019 yildan boshlab umumta’lim fanlaridan test savollari to‘plami nashr etildi va ushbu to‘plamda ishlatilgan savollar bazasining 20 foizidan ko‘prog‘i kirish test jarayonlarida foydalanildi.

- Telegram tarmog‘ida e-sinov tizimidan abituriyentlarga bepul foydalanish imkoniyati yaratildi (test sinovlariga qadar 1,4 milliondan ortiq abituriyent ushbu xizmatdan bepul foydalandi).

- Test topshiriqlari soddalashtirildi. Bunda avvallari qo‘llanilgan 4-daraja qiyinlikdagi (eng qiyin) savollar umuman olib tashlandi, bu yil ular ishlatilmadi, 3-darajali savollar soni kamaytirildi va 1-darajali savollar soni tegishli ravishda oshirildi (12 ta savol – 1 darajali, 12 ta savol – 2 darajali, 6 ta savol – 3 darajali). Shuningdek, barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha nazariy savollarning soni ko‘paytirildi, o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlariga oid, rasmli, xaritali va jadvalli test topshiriqlari soni oshirildi.

- Milliy va xalqaro sertifikatlarning tegishli darajasiga, pandemiya davrida ishlab chiqilgan IELTS indikator sertifikatiga ega bo‘lgan abituriyentlar uchun ham maksimal ball berish belgilandi.

- Xalq ta’limi vazirligi va Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarning test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun «Onlayn repetitor» teledasturlari muntazam efirga uzatildi.

- Joriy yil uchun istisno tariqasida test sinovi topshiriladigan 5 ta fandan 2 ta mutaxassislik fani qoldirildi.

- Har bir to‘g‘ri deb topilgan javobga ball berish tizimi o‘zgartirilib, birinchi va ikkinchi fan uchun mos ravishda 3,2 hamda 3,1 balldan berildi, oldingi yillardagi kabi 1,1 ball berish qo‘llanilmadi.

- Test sinovlarini topshirish uchun ajratilgan vaqt me’yori oshirilib, amaldagi tartibda ko‘rsatilgan 2 soat o‘rniga 3 soat etib belgilandi.

Test sinovi qanchalik murakkab jarayon bo‘lmasin, qayd etilgan o‘zgarish va taqdim etilgan imkoniyatlar abituriyentlarning yuqori natijaga erishishiga asosiy sabab bo‘lib xizmat qildi" - deyiladi DTM axborotida.