Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat test markazi qancha abituriyent talabalikka qabul qilinganini ma’lum qildi
25.09.2020 17:39,  
1852

Davlat test markazi 2020-2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan kirish test sinovlari yakuni bo‘yicha ma’lumot berdi.

DTM tomonidan 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020 yil 25 sentyabr kuni soat 15:00 da e’lon qilindi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019 yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent o‘qish istagini bildirib, ariza topshirdi.

Bunda 1 o‘ringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019 yilda – 10,3 edi) tashkil etdi. 2020 yil 2-13 sentyabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi.

Test sinovlarining tanlov natijalariga ko‘ra, respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (o‘tgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga ko‘p).

Shundan:

- davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019 yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga ko‘p);

- to‘lov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019 yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga ko‘p) talabalikka tavsiya etildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан