Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi
12.02.2020 13:43,  
110

Prezident qarori (PQ–4594-son, 11.02.2020 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga qo‘shimcha kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, 2020 yil 1 avgustdan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan iste’mol tovarlarining ayrim turlari (iste’mol qadoqlariga ega bo‘lmagan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekistonning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан