Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat xizmatchilarining jismoniy faolligi oshiriladi
31.10.2020 12:37,  
140

«Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

2021 yil 1 yanvardan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlarida:

- Mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha xodimga «Sport targ‘ibotchisi» qo‘shimcha vazifasi yuklanib, uning ish haqiga 20 foiz ustama belgilanadi;

- Haftada kamida bir marta, ish vaqtidan so‘ng rahbar va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi yo‘lga qo‘yiladi;

- Har shanba soat 14:00 dan keyin kuni xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, «shou» ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratiladi;

- Trenajyor zali, «Workout» maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari, sport mashg‘ulotlari va musobaqalarini moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda boshqa qonuniy manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

- Birinchi rahbarlarga «shaxsiy namuna» tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasi, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

- 2021 yil 1 iyuldan boshlab, vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar va xodimlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini baholash yo‘lga qo‘yiladi. Ko‘rsatkichlar reyting asosida tahlil qilinib, natijalarni onlayn kuzatish tizimi ishlab chiqiladi.
Hududlarda ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining oshishi, sog‘lom ovqatlanishi (tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishning qisqartirishi), zararli odatlar (alkogol va tamaki)dan voz kechish yo‘li bilan kasallikka chalinish, semizlik va bevaqt vafot etish ko‘rsatkichlarining kamayishiga qarab, hokimliklar ishiga baho beriladi. Bu bo‘yicha reyting ishlab chiqilib, «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi bilan integratsiya qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан