Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksi ishlab chiqildi
10.12.2021 13:45,  
205

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatchilarining yagona odob-axloq kodeksi ishlab chiqildi. Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan loyiha muhokama uchun e’lon qilindi.

Kodeksda birinchi bor davlat xizmatchisi tushunchasi va uning turalari hamda ularning ta’rifi berilmoqda.

Davlat xizmatchisining odob-axloq masalalari bo‘yicha vakolatli organlar sifatida quyidagilar belgilanmoqda:

•    davlat tashkilotlaridagi odob-axloq komissiyalari;
•    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi;
•    O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi.

Davlat xizmatchisi faoliyatida quyidagi cheklovlar belgilanmoqda:

•    mansab vakolatlarini siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ularning organlari manfaatlari yo‘lida amalga oshirish, davlat hokimiyati vakillik organiga saylangan siyosiy davlat xizmatchilari bundan mustasno;
•    ilmiy, sport, pedagogik hamda innovatsion g‘oya va takliflarni tatbiq etish bilan bog‘liq faoliyatdan tashqari tadbirkorlik va haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish;
•    o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda fuqarolar, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zarar yetkazish orqali shaxsiy foydani olish;
•    o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati biror-bir moddiy boyliklarni olish yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslardan boshqacha naf ko‘rish.

Shuningdek, davlat xizmatchisining shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alarni qabul qilish, ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilarini qabul qilish uchun talablar hamda davlat xizmatchisining ish vaqtidan tashqari o‘zini tutish odob-ahloq normalari belgilanmoqda.

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishiga oid talablarga asosan umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, neytrallik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilmoqda.
Odob-axloq qoidalari buzilish holatlarini qayd etish va ularni ko‘rib chiqish hamda odob-axloq qoidalarga rioya qilish va ularni buzganlik uchun javobgarlik tortish tartibi belgilanmoqda.

Muhokama 24 dekabrga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан