Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat xizmatchilarining “sovg‘a” olishi taqiqlanishi mumkin
15.10.2020 10:35,  
107

Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qonunchilikka qator yangi mexanizm va normalarni kiritish taklif etilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish ishlarini yakunlash va uni qisqa muddatda Parlamentga kiritish belgilandi. Mazkur qonun bilan “sovg‘a” tushunchasiga aniqlik kiritiladi hamda davlat xizmatchilari tomonidan sovg‘a olish va berish tartibini belgilovchi “Sovg‘a siyosati” deb nomlangan alohida bob bilan to‘ldiriladi.

Bundan tashqari, davlat organlarida korrupsiya holatlari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda davlat xizmatchilarining davlat xizmati obro‘siga putur yetkazuvchi xatti-harakatlari uchun javobgarlik chorasini belgilash maqsadida qonun bilan tartibga solinadigan Davlat xizmatchilarining odob-ahloq kodeksi ishlab chiqiladi va unda davlat xizmatchilari uchun cheklovlarning aniq ro‘yxati belgilanadi.

Yana bir muhim o‘zgarish — O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan fuqaroning himoyasi kafolatlanib, uning shaxsi sir saqlanishi to‘g‘risidagi norma bilan to‘ldiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан