Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Endi bir martalik nafaqa olish uchun DXMga murojaat qilinadi
26.05.2020 10:59,  
771

“Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori (327-son, 23.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi:

- Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;

- Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;

- Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma beri bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish;

- Pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish.

Jumladan, Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra, ariza beruvchi bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida mazkur nafaqani tayinlashi uchun davlat xizmatlari markaziga (DXM) borgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat etadi.

Tegishli so‘rovnoma byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.

Pensiya jamg‘armasi o‘z navbatida nafaqani tayinlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risida ma’lumot, nafaqa tayinlash rad etilganda rad etish sabablari ko‘rsatilgan ma’lumot tegishli DXMga yoki YaIDXPga elektron tarzda yuboriladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан