Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi
3.05.2019 15:19,  
66

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar beradi.

Hujjat davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilganligi ta’kidlandi. Qonunda davlat-xususiy sheriklikning ushbu sohadagi asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari belgilanmoqda, davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shartlari va tartibi keltirilmoqda.

Qonunga binoan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati 49 yilni tashkil etadi.

Shu bilan birga, saralab olishda ishtirok etish uchun xususiy sherikka quyidagi talablar qo‘yilmoqda: huquq layoqatga ega bo‘lish, ishga layoqatlilik, to‘lay olish qobiliyati, soliqlar bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, zarur moliyaviy, moddiy-texnik va mehnat resurslari borligi.

Qonunda xususiy sherik tender yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida saralab olinishi nazarda tutilmoqda. Bunda bir bosqichli va ikki bosqichli tender o‘tkazish tartibi belgilanmoqda:

  • umumiy qiymati bir million AQSh dollariga qadar bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha bir bosqichli tender o‘tkaziladi;
  • umumiy qiymati bir million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha ikki bosqichli tender o‘tkaziladi (u dastlabki malakani aniqlash va tender g‘olibini saralash bosqichlarini o‘z ichiga oladi).

Qonun muhokamasida ta’kidlanganidek, davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini ta’minlashda, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mol-mulk ob’yekti va o‘zga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan hollarda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan tuzish mumkin.

Bundan tashqari, qonunda xususiy sherik manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilmoqda va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va hisobdorlik tartibi belgilanmoqda. Davlat-xususiy sheriklikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari belgilanmoqda. Davlatning mablag‘ (grantlar, subsidiyalar) bilan ishtirok etishi, soliqqa oid va boshqa imtiyozlar, aktivlar, qarzlar tarzidagi qo‘yilmalar, xususiy sherikning kafolatlangan eng kam daromadini ta’minlashga yo‘naltiriladigan subsidiyalar, davlat kafolatlari uning asosiy turlari hisoblanadi.

Qonun u kuchga kirguniga qadar tuzilgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarga, shuningdek mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarga tatbiq etilmasligi nazarda tutilmoqda.

Qonun ijtimoiy muhim vazifalarni o‘zaro foydali shartlar asosida hal qilish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga ko‘maklashishi qayd etildi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан