Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlat sotib oladigan boshoqli donning miqdori va narxlari belgilandi
16.06.2020 12:28,  
903

«2020 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don hosilini o‘z vaqtida va sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (378-son, 15.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan davlat resurslariga 3 019 ming tonna, shu jumladan, 293,5 ming tonna urug‘lik don xarid qilinadi.

Qaror bilan ichki bozorda don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yil hosilidan davlat resurslariga olinadigan boshoqli donni xarid qilish narxlari belgilandi. Xususan, 1 sinf qattiq bug‘doyning xarid narxi (qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan) 1 tonna uchun 2 543 180 so‘mni tashkil etadi.

Barcha don tayyorlov korxonalari va g‘allachilik klasterlari qo‘shimcha xarid qilinadigan donni xo‘jaliklar bilan kelishilgan narxlarda shartnoma asosida xarid qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан