Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davlatlar koronavirus pandemiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar — virus Janubiy Amerikaga qadar yetib bordi
27.02.2020 16:34,  
559

Payshanba kuni qator hukumatlar koronavirusni pandemiya darajasida deb e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Chunki bugun ilk marotaba Xitoydan tashqarida virus tarqalishi mamlakat ichkarisidagi darajadan ortib ketdi.

Avstraliya favqulodda choralarni ko‘rishni boshladi va Tayvan epidemiyani yuqtirish xavfini eng yuqori darajaga ko‘tardi, bir kun o‘tib, AQSh prezidenti Donald Tramp vitse-prezident Mayk Pensni global sog‘liqni saqlash masalalariga javobgar etib tayinladi.

"Dunyo tez orada koronavirusning pandemik bosqichiga o‘tishi haqida barcha ma’lumotlar mavjud", dedi Morrison Kanberrada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Oxford Economics tahlilchilari hisobiga ko‘ra, virus pandemiyaga aylanishi butun dunyoga $1,3 trlnga “tushadi”.

Koronavirus olis Janubiy Amerikaga qadar yetib bordi. Chorshanba kuni yaqinda Italiyadan qaytib kelgan 61 yoshli erkak San Paulo shifoxonasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Tashxis Braziliyada millionlab mahalliy va xorijiy sayyohlar mamlakatning katta shaharlariga to‘planadigan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Koronavirusning Yaqin Sharqdagi o‘chog‘i Eronning Qum shahri ham ko‘p odam to‘planganligi uchun epidemiya markaziga aylangan edi.

Fond bozorida Braziliya aksiyalari 7 %ga arzonladi.

“Koronavirus qanday qilib Janubiy yarimsharga yetib kelganiga hali ham aqlimiz yetmayapti”, — dedi mamlakat SSV Luiz Enrike Mandetta.

Vazirning ta’kidlashicha, mamlakatning mo‘’tadil iqlimi koronavirusning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан