Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi etib saylandi
19.03.2021 15:55,  
250

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Davron Xidoyatov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

D.Xidoyatov 1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-2009 yillarda bank tizimida, 2014 yilgacha avtosanoat tarmog‘ida faoliyat yuritgan. 2014-2020 yillarda Xususiylashtirish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Chilonzor tumani hokimi, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Xalq deputatlari, viloyat faollari so‘zga chiqib, nomzod haqida fikrlarini bildirdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Davron Xidoyatov Toshkent viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан