Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






DBQ mutaxassisi: “Xorijdan chirigan texnika va uniqqan kiyim-kechak olib kelishni bas qilarsiz...”
14.01.2020 11:41,  
2493

Davlat Bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati Bosh inspektori Husan Tangriyev Feysbukdagi sahifasida xorijdan keltirilayotgan chirigan texnika, uniqqan kiyim-kechaklar olib kirilishidan xavotirini izhor qildi.

"Haydovchilar mashinasiga ortib O‘zbekistonga olib kelayotgan yuklarni ko‘rib yana bir mulohaza tug‘iladi. Iltimos, xorijdagilar allaqachon ishlatib, chiqitga chiqargan eski texnikalar, uniqqan kiyim-kechaklaru, turli mayda-chuydalarni olib kirishni balki bas qilarsiz.

Axir, ular orqali siz yurtimizga qanchadan qancha kasalliklar, infeksiyalarni olib kirayotganingizni balki bilmassiz!

Ehtimol, siz xorijdan keltirilgan eski telefonning qachonlardik nurlanganini bilmasdan, ishlatib kasallik ortirganlarni eishtmagandirsiz?

Pul evaziga birovning yukini ko‘rmay-netmay olib kelib, ichida taqiqlangan diniy adabiyotlar borligi sababli jinoiy javobgarlikka tortilgan haydovchilarni eshitmagandirsiz!" deb yozdi Husan Tangriyev.

"Qorni to‘qning qorni och bilan nima ishi bor degan maqoldan bo‘pti bu post. Shu narsalar muxojirlikda ishlayotgan vatandoshlarimiz O‘zbekistondagi uyida yo‘qligi, oilasi shu narsaga bo‘lsa xam zoriqayotganligi uchun jo‘natayotgandir balki. Albatta men ham shunaqa eski narsalar olib kirilishini yoqlamayman, lekin bu narsa ilojsizlikdan qilinayotgandir deb o‘ylayman. Bu narsa jo‘natayotganlarga emas, ko‘proq bizning rahbarlarimizga uyat bo‘lishi kerak" deb izoh berdi foydalanuvchilardan biri.

"Har qanday vaziyatda ham men milliy g‘uruni birinchi o‘rinda qo‘yaman. Chetdagi eski tuskini titkilab, Vatanimga musor olib kirgandan ko‘ra, o‘z yurtimda och-nahor o‘lib ketsam ham roziman!" deb javob bergan H.Tangriyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya shaharlari orasida yengil avtomobilda qatnaydigan o‘nlab haydovchilar 13 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi oldida to‘planib, 1 yanvardan kuchga kirgan yangi bojxona tartibidan shikoyat qilgan edi.

Husan Tangriyevning aytishicha, bojxona to‘lovlarini to‘lashning soddalashtirilgan yangi tartibiga e’tiroz bildirayotganlarning asosiy qismi suratdagi avtomashinalarning haydovchilaridir.

"Ox-xo, yengil mashinalarning ichiyu tashi, ostiyu usti yetmaganidek, qo‘shimchasiga telejka ulab, yuklangan tovarlarning barchasini bir kishining shaxsiy ehtiyoji uchun deyishsa, ishonasizmi? Menimcha yo‘q!

Yo‘g‘-e, bu yuklar xorijda ishlab yurgan vatandoshlarimizning uylariga yuborgan yuklari. Biz shularni tashib tirikchilik qilamiz demoqchimiz?

A-ha, demak, unaqasiga ham, bunaqasiga ham olganda bu yuklar sizning shaxsiy ehtiyojingiz uchun emas, tijorat uchun deb qaraladi!

U holda marhamat qilib, bojxona to‘lovlarini to‘lab qo‘yishni unutmang! Boz ustiga bu to‘lovlar avvalgisidan ko‘ra, sezilarli ravishda kamaytirildi.

Chunki, ayni shu to‘lovlardan farzandingizni o‘qitayotgan o‘qituvchi, keksa onangizni davolgan shifokorlar oylik oladi, sizni boqib katta qilgan keksa otangiz pensiya oladi" deb yozdi H.Tangriyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан