Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 1750 ta ehtiyojmand oilalarning har biriga 1 million so‘mdan moddiy yordam puli tarqatiladi. Bu haqda Dehqonobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanda 1750 ta oila ehtiyojmand oilalar ro‘yxatga olingan. Mazkur oilalarga umumiy 1 milliard 750 million so‘m beriladi.