Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Dekabrda 800 yil ichida birinchi marta yuz beradigan noyob astronomik hodisa kuzatiladi
23.11.2020 12:41,  
346

Olimlar 2020 yil 21 dekabrda quyosh botgandan keyin Yupiter va Saturn sayyoralari o‘rta asrlar vaqtidan beri birinchi marta tungi osmonda bir-biriga minimal masofaga yaqinlashishini aytmoqdalar. Bu haqda Phys.org nashri ma’lum qildi. 

Ikki gaz giganti har 20 yil bir-biriga yaqin masofaga keladi. Ammo ular bir-biriga kamdan kam holatda minimal masofaga yaqinlashadi. Oxirgi marta bunday yaqinlashuv 1226 yil 4 martida yuz bergan. 16-25 dekabr kunlari Yupiter va Saturn o‘rtasidagi masofa Yerdan turib kuzatilganda to‘lin oyning beshdan bir qismiga teng bo‘ladi va ikki sayyora go‘yoki qo‘sh sayyoradek ko‘rinadi. 

Ekvator aholisi bu hodisani kuzatish uchun eng yaxshi sharoitga ega bo‘ladi, ammo uni ob-havo sharoiti imkon bersa, dunyoning istalgan burchagidan kuzatish mumkin bo‘ladi. Sayyoralar quyosh botgandan bir soat keyin osmonning g‘arbida ko‘rina boshlaydi. Kuzatuvchi qanchalik shimolroqda joylashgan bo‘lsa, sayyoralar ufq ortiga ketmasidan unda ushbu hodisani kuzatish uchun shunchalik kamroq vaqt bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sayyoralar keyingi safar 2080 yil 15 martda, so‘ngra 2400 yildagina yana bir-biriga yaqin keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан