Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Denominatsiya nima? O‘zbek valyutasi denominatsiya bo‘lganmi?
20.08.2019 20:22,  
1255

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda 10000 so‘m 1 so‘mga aylantiriladi, yangi pul chiqadi, plastik kartadagi pullarning to‘rtta noli yo‘qoladi, degan xabar tarqaldi. Bugun Markaziy Bank raisi Mamarizo Nurmurodov “Denominatsiya bizning hayolimizda ham, rejalarimizda ham yo‘q. Bizda hozircha bunga ehtiyoj yo‘q. Denominatsiya bu shunchaki nollarni o‘chirish emas, bu katta iqtisodiy xarajatdir”, deb bayonot berdi.

Denominatsiya nima?

Denominatsiya — valyuta barqarorligini oshirish va hisob-kitobni ixchamlashtirish maqsadida qog‘oz pul nominalini pasaytirish; eski pulning kursi (qadri) yuqori qilib belgilangan, nomi o‘zgarmagan yangi pulga ma’lum nisbatda almashtirishdir.

Denominatsiya mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish tadbirlaridan biri bo‘lib, pul qadri pasayishini to‘xtatib qolish yoki susaytirish orqali pul tizimini sog‘lomlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Denominatsiya muomalada bo‘lgan pul mablag‘lari (kupyura, tanga)lar massasini birmuncha kamaytirish imkonini beradi.

Markaziy Bank raisi ta’kidlaganidek, denominatsiya iqtisodiy barqarorlik sharoitida o‘tkaziladi, ya’ni savdo balansini musbat qilib olib, investitsion jozibardorlikni oshirib, bozor iqtisodiyoti talablari minimum tarzda bajarilsa, undan keyin bemalol denominatsiya qilsa bo‘ladi.

Eng katta denominatsiyalar

Quyida tarixda amalga oshirilgan ba’zi denominatsiyalarni eslab o‘tamiz.

Tarixdagi eng katta denominatsiya 1946 yili Vengriyada o‘tkazilgan. O‘shanda 400 oktillion penge 1 forintga almashtirilgan. (Oktillion – 1 dan keyin 27 ta nol!)

Rossiyada 1922-23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga, Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan so‘nggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924 yilgi pul islohotlari davrida eski 1 trln. marka yangi 1 markaga, Gretsiyada 1944 yil noyabrda 50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga almashtirilgan edi.

Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda pul islohotlari (Belgiya — 1944 yil, Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945 yil, Yaponiya — 1946 yil, Avstriya — 1947 yil) amalga oshirildi.

Belarus Respublikasi yangi tarixi mobaynida 3 marta denominatsiya qilgan: 1994 yili rubl 10:1 nisbatida, 2000 yili 1000:1 nisbatida va oxirgisi 2016 yili 10000:1 nisbatida denominatsiyalangan.

Turkiya 2005 yili birdaniga oltita noldan voz kechgan (1000000:1 nisbatida). Rossiya Federatsiyasi 1998 yil 1000:1 denominatsiya qilgan bo‘lsada eski rubllar 2003 yilgacha muomalada bo‘lgan. 1996 yil Gruziya oltita, 2005 yili Ruminiya to‘rtta noldan voz kechgan.

Bizda ham denominatsiya bo‘lganmi?

Vatanimiz tarixidagi ilk denominatsiya Buxoroda 1922 yili bo‘lgan. 1921 yilda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda ko‘rsatilgan qog‘oz pullarni chiqara boshlagan. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominalga ega bo‘lgan. 1922 yilda Buxoro Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuz marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan.

1918-20 yillarda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. 1921 yil 1 yanvardan boshlab, Turkistonda 3 oy davomida pul islohotlari o‘tkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirilgan.

1992-1994 yillarda O‘zbekistonda so‘m-kupon amalda bo‘lgan. 1994 yil yil 1 avgustdan so‘m-kupon amaldan chiqarilib, so‘mga to‘liq o‘tilgan. So‘m-kupon 1000:1 nisbatda almashtirilgan.

Mirzaolim Dilshod o‘g‘li

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан