Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Denovda yigit tanishlari bilan 20 yoshli qizni olib qochib ketib, "menga erga tegasan" deb majburladi
10.03.2021 11:01,  
438

Denov tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga 20 yoshli Sug‘diyona X. ariza bilan murojaat qildi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Unda qiz 2021 yilning 4 mart kuni soat 10:30 larda Denov tumani O‘rikzor MFY hududida tanishi 28 yoshli Abdullo R. o‘ziga tegishli «Spark» rusumli avtomashinasida uning oldiga kelib to‘xtab, ikkita noma’lum shaxslar bilan unga nisbatan kuch ishlatib, majburlab avtomashinasiga o‘tirg‘izib, ikki nafar sherigi avtomashinadan yo‘lda tushib qolganidan so‘ng, «menga erga tegsang uyinga olib borib qo‘yaman» deb shart qo‘yib, olib qochib ketganligini bildirgan. Shunda Sug‘diyona X. Abdullo R.dan qochib ketish maqsadida, unga turmushga chiqishga rozilik berib, ota-onasini ham rozi qilishga va’da berib uning qo‘lidan qochganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davomida, Abdullo R. Sug‘diyona X.ning erga tegib ketmasligi uchun olib qochganligini, uning sheriklari 25 yoshli Zuxriddin S. hamda 18 yoshli Asliddin E. ekanliklari aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан