Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputat: “Men suyangan qonunlarning ahvolini ko‘rib ochiqchasiga qo‘rqishni boshladim”
17.11.2019 12:23,  
1710

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Liberal-demokratik partiyasidan bo‘lgan deputati Rasul Kusherbayev Ortiqxo‘jayev ishi bo‘yicha munosabat bildirdi:

"Ayrim vakolatli va kuchli mas’ullarning ochiqlik, so‘z erkinligini bo‘g‘ishga bo‘lgan ochiqcha qarshiligi, bosimi, haqoratlarini eshitib bu yurtda Konstitutsiya, qonunlar faqatgina oddiy fuqarolar amal qilishi shart bo‘lgan hujjatlar xolosmi, degan xavotir paydo bo‘lyapti. Balki oshirvorgandirman, biroq bori shu.

Yaqinda bergan salomim o‘rniga "pogon"li bir shaxsdan "shakal" so‘zini qabul qilib olganimda men suyangan qonunlarning ahvolini ko‘rib ochiqchasiga qo‘rqishni boshladim. Qonunlarda taqiqlangan kamsitish, haqorat, bosim, zo‘ravonlik kabilar ayrim mansabdorlar, huquqni muxofaza qilishi kerak bo‘lganlarning kundalik ishiga aylanayapti. Chunki ularga kelganda qonun yo‘q.

Qonunlarimiz, ishonchimiz, irodamiz, davlat rahbarining odil islohotlariga bo‘layotgan javob uchun qo‘rqyapman.

Bolalar o‘z otalari har qanday paytda yo‘qolib qolishi, cho‘kib ketishi va uyiga qaytmasligini bilmay eshikka qarab kutib o‘tiradigan jamiyat paydo bo‘lib qolishidan qo‘rqyapman. Qo‘rqyapman..."

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан