Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputat hokimlar haqida: «O‘zi ijrochi, o‘zi deputatlar boshlig‘i, o‘zi qonun chiqaruvchi. Bitta sudni olib berish qoldi, xolos...»
21.11.2020 11:33,  
1226

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlarini bekor qilish mumkinligi yangi qonun bilan Oliy Majlis Senatiga berilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

«Men Senat tarkibida hamon ijro hokimiyati vakili hisoblangan hokimlarning borligi va joylarda mahalliy Kengashlarga bir vaqtning o‘zida hokimlar raislik qilishda davom etayotgani uchun bu yangi qonunni O‘zbekistonda hokimiyatlar o‘rtasida tiyib turish prinsipining buzilishiga olib keladigan yana bir qadam, deb hisoblayman. Hech bo‘lmaganda bu vazifani hozircha ijro hokimiyati vakillari yo‘q bo‘lgan Qonunchilik palatasi qilgani ma’qulroq edi.

Ayniqsa «snos» masalasida qaror qabul qilish mahalliy kengashlardagi deputatlar ixtiyoriga berilayotgan bir paytda, hokimlar o‘zlarining «buzish» ishlarini deputatlar qo‘li orqali qilishi, agar kengash boshqa qaror qabul qilsa ham, Senatda senator sifatida Kengash qarorini bekor qilish imkoniyatini oshirishi mumkin.

Xullas telba teskarilik, uchtasi birda: o‘zi ijrochi, o‘zi deputatlar boshlig‘i, o‘zi qonun chiqaruvchi. Bitta sudni olib berish qoldi xolos...

Uzoq va yaqin kelajakni o‘ylamay qilinayotgan ish bo‘lsa ham, afsuski... qonun qabul qilinayapti», – deydi Rasul Kusherbayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан