Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputatlar, hokimlar, vazirlar va bosh vazir o‘rinbosarlari qancha oylik maosh olishlari ma’lum bo‘ldi
28.02.2019 00:45,  
725

O‘zbekiston Moliya vazirligi «Gazeta.uz» so‘rovi bo‘yicha davlat xizmatchilari oylik maoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qonunchilikka muvofiq, byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalarda xodimlarning mansab maoshlarini belgilashda majburiy tartibda Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq tarif koeffitsiyentlar qo‘llanilishi lozim.

Rahbar lavozimlar uchun YaTS bo‘yicha quyidagi razryadlar belgilanadi:

Qo‘shimcha ravishda quyidagi ustamalar belgilanadi:

Alohida mehnat sharoitlari uchun — mansab maoshining 20 foizi miqdorida (Oliy Majlis deputatlari va Senat senatorlari, viloyatlar (tuman, shahar) hokimlari uchun);

Mehnatni rag‘batlashtirish koeffitsiyenti — mansab maoshining 40 foizi miqdorida;

Belgilangan xizmat muddatini o‘tagani uchun — mansab maoshining 20−30 foizi miqdorida.

Ko‘p yillik xizmat qilgani uchun — mansab maoshining 20−30 foizi miqdorida;

Moddiy rag‘batlantirish — mansab maoshining 15−25 foizi miqdorida.

Alohida holatlarda mukofot puli (mansab maoshining ikki barobari miqdorida) va moddiy yordam (mansab maoshining bir barobari miqdorida) ajratish ko‘zda tutilgan. Mukofot puli ajratish yoki intizomiy choralarni qo‘llash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim.

Yuqorida sanab o‘tilgan rahbar lavozimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha barcha xarajatlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Byudjetdan tashqari mablag‘lar

Davlat xizmatchilari maoshi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ortishi mumkin. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlari davlat bojlari, yig‘imlar va soliqqa tortilmaydigan to‘lovlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi (Byudjet kodeksi 62-modda).

Byudjetdan tashqari ushbu mablag‘lar mahkamalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан