Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Deputatlar taksi haydovchilaridan litsenziya talab qilmaslik taklifini bildirmoqda
20.01.2021 15:34,  
135

19 yanvar kuni Qonunchilik palatasi qo‘mitasida «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashga bag‘ishlangan fraksiyalararo munozara o‘tkazildi.

Unda deputatlar shaxsiy avtomobilda yo‘lovchi tashishni lisenziya talab qilinadigan faoliyat turidan chiqarib, vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritish taklifini ilgari surishgan. Bu bilan taksichilik qiluvchilarga yengillik yaratish maqsad qilingan.

«Ushbu faoliyat turini bir ro‘yxatdan ikkinchi ro‘yxatga olinishi haydovchilarga yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish uchun ruxsatnoma olish jarayonini yengillashtiradi va to‘lov summasini adolatli belgilanishiga olib keladi», — deyiladi xabarda

Aytilishicha, bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан